So'nggi yangiliklar
Kasb va mehnat kuni
2026-yil 5-may kuni Bog‘ot tuman 1-son texnikumida “Kasb va mehnat kuni” doirasida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda tumandagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari ishtirok etib, texnikumda mavjud yo‘nalishlar va yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.Tadbir davomida o‘quvchilar uchun texnikum bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. O'quvchilar quyidagi yo‘nalishlar bilan tanishdilar:• Kompyuter tizimlarida dasturlash
• Tikuvchilik
• Oshpazlik (Pazandachilik)
• Avtomobillarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish
Bitiruvchilar texnikumda nazariy bilimlar amaliyot bilan qanday uyg‘unlashtirilganiga bevosita guvoh bo‘ldilar. Tadbir yakunida o‘quvchi-yoshlar texnikum direktori, tajribali o‘qituvchilar va talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.
Bizni kuzatib boring:
Veb-sayt: bogot1texnikum.uz
YouTube: youtube.com/@bogot1texnikum
Telegram: t.me/bogot1texnikum
Ma'lumotlar jadvali
| « Июль 2026 » | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | ||
| 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
| 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 |
| 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 |
| 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | ||
Yil dasturi