So'nggi yangiliklar

Xotira abadiy — xotira mangu

Bog‘ot tuman 1-son texnikumida marhum Xo‘jayev Rajabboy Satimovich xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira abadiy — xotira mangu” turniri bo‘lib o‘tdi.🔽 Xotira turniri doirasida texnikum o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovi, futbol musobaqalari hamda badiiy kecha tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar tomonidan Vatanga muhabbat, ustoz va inson qadri, xotira va sadoqat mavzularida ijodiy chiqishlar namoyish etildi.

🔽 Tadbirda Xo‘jayev Rajabboy Satimovichning oila a’zolari, yaqin do‘stlari va hamkasblari ishtirok etib, marhumning hayot yo‘li, samarali mehnat faoliyati, insoniy fazilatlari hamda yoshlar tarbiyasiga qo‘shgan hissasi haqida iliq xotiralar bilan o‘rtoqlashdilar.

🔽 Uchrashuv davomida Rajabboy Satimovichning yaxshi inson, fidoyi ustoz va jamoada hurmatga sazovor shaxs bo‘lgani alohida ta’kidlanib, uning yorqin xotirasi doimo qalblarda yashashi e’tirof etildi.

📢 Bizni kuzating:
🌐 Web sayt    ▶️ YouTube  📱 Telegram



Ma'lumotlar jadvali


«    Июль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi