So'nggi yangiliklar

BOG'OT TUMAN 1-SON POLITEXNIKUMIGA ISHGA TAKLIF ETAMIZ!!! (SUHBAT JARAYONLARI YAKUNLANDI)

SUHBAT JARAYONLARI YAKUNLANDI. BO'SH ISH O'RINLARIGA TANLOV ASOSIDA MALAKALI KADRLAR ISHGA QABUL QILINDI.

2025–2026 O‘QUV YILI UCHUN O‘QITUVCHILAR VA ISHLAB CHIQARISH TA’LIM USTALARINI ISHGA TAKLIF ETAMIZ

Bog‘ot tuman 1-son politexnikumi 2025–2026 o‘quv yili uchun ta’lim jarayoniga malakali pedagog kadrlarni jalb qilish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qituvchilar hamda ishlab chiqarish ta’lim ustalarini ishga taklif etadi.

Bo‘sh ish o‘rinlari:

  • Kopyuter tizimlarida dasturlash kasbi bo'yicha maxsus fan o‘qituvchisi (1 nafar)

  • Ingliz tili o‘qituvchisi (5 nafar)

  • Rus tili o'qituvchisi (1 nafar)

  • Avtomobillarni ta'mirlash va ularga xizmat ko'rsatish kasbi bo'yicha ishlab chiqarish ta'lim ustasi (1 nafar)

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

  • mutaxassisligi bo‘yicha yetarli nazariy hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

  • zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalana olish;

  • mas’uliyatli, tashabbuskor va jamoa bilan ishlay olish qobiliyatiga ega bo‘lish.

Nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • pasport nusxasi;

  • diplom nusxasi;

  • tarjimai hol (CV yoki rezyume);

  • mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud bo‘lsa).

Hujjatlar Bog‘ot tuman 1-son politexnikumi binosida qabul qilinadi.
Manzil: Ashxobod mahallasi, Ravnaq ko‘chasi 2-uy.

Suhbat jarayonlari

2025-yil 20–21–22-avgust kunlari politexnikum binosida o‘tkaziladi.

Bog‘lanish uchun:

☎ Telefon: 31-57-254
✉ Elektron pochta: bogot1khm@umail.com

Tanlov asosida ishga qabul qilinadi.


TANLOV NATIJALARI



Ma'lumotlar jadvali


«    Май 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi