So'nggi yangiliklar

Bitiriv marosimi

🎓 Bogʻot tuman 1-son texnikumida diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi

Bogʻot tuman 1-son texnikumida bitiruvchilarga diplomlarni tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Bogʻot tuman 1-son texnikumi direktori I. Avezova, YoBIBDOʻ I. Jumaboyeva, OʻIBDOʻ R. Qodirov, ICHTBDOʻ B. Davletov, pedagog-xodimlar, bitiruvchilarning ota-onalari hamda 204 nafar bitiruvchi ishtirok etdi.

Tantanali marosim bitiruvchilar yuqori tamomlaganliklari bilan tabriklanib, kelgusidagi o'qish va mehnat faoliyatida ulkan zafarlar tilandi. texnikumda 2 yil a'lo baholarga o'qib, namunali xulqi, faolligi va intizomi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lgan 56 nafar bitiruvchi imtiyozli diplom hamda faxriylar bilan taqdirlandi.
Tadbir bitiruvchilar va ota-onalar nomidan samimiy minnatdorchilik bildirildi.
 Marosim ko'tarinki ruhda, quvonch va unutilmas taassurotlar bilan yakunlandi.



Ma'lumotlar jadvali


«    Октябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi