So'nggi yangiliklar

"Yangi O'zbekiston bunyodkorlari"

#YangiOzbekiston_Bunyodkorlari 🏆✨ Milliy kasbiy mahorat tanlovining viloyat bosqichida texnikumimiz yana o'z salohiyatini isbotladi! 👨‍🍳🌟

🔽 Oshpazlik kasbi bo'yicha o'tkazilgan viloyat bosqichi tanlovida Bog'ot tuman 1-son texnikumining o'quvchisi ishlab chiqarish ta'limi ustasi Saidova Iqbol rahbarligida puxta tayyorlanib, raqobatchi ishtirokchilar orasida munosib o'rin egalladi va 🥉 III — O'RINni qo'lga kiritdi!

🔽 Bu g'alaba — ustozning beqiyos mehnati va fidokorligining, o'quvchining esa ishtiyoqi va tirishqoqligining yorqin samarasi. Ustoz Saidova Iqbolning professional yo'l-yo'rig'i ostida o'quvchi viloyat miqyosida o'zini munosib namoyon eta oldi! 💪

🔽 Mazkur muvaffaqiyat texnikumimizning yosh kadrlar tayyorlash sohasidagi izchil va samarali faoliyatini yana bir bor tasdiqladi. Bu yutuq butun texnikum jamoasi uchun ulkan g'urur va yangi zafarlar sari ilhom manbaidir! 🎯




Ma'lumotlar jadvali


«    Октябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi