So'nggi yangiliklar
O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH TARTIBI
O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH TARTIBI1. Umumiy qoidalar
Mazkur tartib o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini aniqlash hamda ta’lim dasturlarida belgilangan kutilgan o‘quv natijalariga erishilganlik darajasini baholash maqsadida ishlab chiqilgan. Baholash jarayoni ta’lim dasturi, o‘quv reja va fan (modul) dasturlarida belgilangan maqsad va vazifalar asosida tashkil etiladi.
2. Baholash tartibining o‘quv natijalariga bog‘liqligi
Baholash tartibi ta’lim dasturida belgilangan kutilgan o‘quv natijalari asosida ishlab chiqiladi. Har bir fan (modul) bo‘yicha:
- fan maqsadlari,
- o‘quv natijalari,
- shakllantiriladigan kompetensiyalar
- nazariy bilimlarni egallash darajasi,
- amaliy ko‘nikmalarni qo‘llay olish qobiliyati,
- kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish darajasi
3. Baholash turlari va shakllari
Joriy baholash – mavzularni o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun dars jarayonida muntazam o‘tkaziladi.
Usullari: og‘zaki so‘rov, test topshiriqlari, yozma nazorat ishlari, amaliy topshiriqlar, mustaqil ishlar.
Oraliq baholash – fan (modul) bo‘yicha o‘rganilgan mavzularni umumlashtirish va o‘quv natijalariga erishilganlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Shakllari: test sinovlari, nazorat ishlari, amaliy topshiriqlar.
Yakuniy baholash – fan yoki modul yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Shakllari: yakuniy test sinovlari, yozma va amaliy imtihonlar, loyiha ishlari yoki taqdimotlar.
4. Baholash mezonlari va ballik tizim
Baholash mezonlari fan (modul) dasturida belgilangan o‘quv natijalari va kompetensiyalar asosida ishlab chiqiladi. Baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
- nazariy bilimlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi,
- amaliy topshiriqlarni bajarish sifati,
- muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyati,
- mustaqil ishlash darajasi.
| Baholash darajasi | Tavsifi | Ballik tizim (%) | Belgilangan baho |
| A’lo | Mavzuni to‘liq o‘zlashtirgan, mustaqil fikr yurita oladi, amaliy topshiriqlarni to‘liq bajaradi | 86–100 | 5 |
| Yaxshi | Asosiy bilimlarni egallagan, kichik xatolar bilan topshiriqlarni bajaradi | 71–85 | 4 |
| Qoniqarli | Mavzuni qisman o‘zlashtirgan, yordam bilan topshiriqlarni bajaradi | 56–70 | 3 |
| Qoniqarsiz | Mavzu bo‘yicha yetarli bilimga ega emas | 0–55 | 2 |
Shuni hisobga olish kerakki, baholashda faqat ballik qiymat emas, balki o‘quvchining bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni o‘zlashtirish darajasi asosiy mezon hisoblanadi.
5. Amaliy ko‘nikmalarni baholash
Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- topshiriqni to‘g‘ri bajarish,
- texnologik jarayonlarga rioya qilish,
- texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish,
- ish sifatining belgilangan talabga mosligi.
- Natijalar tegishli fan (modul) bo‘yicha elektron platformada qayd etiladi.
- O‘quvchilar baholash natijalari bilan tanishtiriladi.
- Zarurat bo‘lganda qayta topshirish imkoniyati beriladi.
Baholash jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi:
- kafedralar,
- o‘quv bo‘limi,
- ishlab chiqarish ta’limi bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.
Ma'lumotlar jadvali
| « Май 2026 » | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
| 1 | 2 | 3 | ||||
| 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
| 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
| 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
| 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Yil dasturi