So'nggi yangiliklar

Seminar

📚 Texnikumda metodik seminar-trening o'tkazildi

Bog'ot tuman 1-son texnikumida 2026/2027-o'quv yilida ta'lim jarayonini sifatli va samarali tashkil etish, pedagoglarga amaliy-metodik yordam ko'rsatish seminar-trening bo'lib o'tdi.

🔽 Seminarda kasbiy ta'lim tashkilotlarining o'quv ishlari va ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha direktor o'rinbosarlari, maxsus fan o'qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta'limi ustalari ishtirok etishdi.

🔽 Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti bosh mutaxassisi Shoira Nurullayeva va ishchi guruh a'zolari ishtirokchilariga amaliy va metodik ko'mak ko'rsatildi.

🔽 Ushbu tadbir Kasbiy ta'lim agentligi direktorining 2026-yil 3-sentabrdagi 177-son buyrug'i asosida tashkil etilgan bo'lib, pedagoglarning metodik moddiy ta'minoti va yangi o'quv yilida ta'lim jarayonini samarali yo'lga qo'yishga xizmat qilmoqda.



Ma'lumotlar jadvali


«    Октябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi