So'nggi yangiliklar

Oshpaz kasbi o'quv hujjatlarini takomillashtirish va ommalshtirish borasida amalga oshirilgan ishlar

Texnikumda oshpazlik kasbi o'quv hujjatlarini takomillashtirish va ommalashtirish bo‘yicha qator tizimli ishlar amalga oshirildi. 

Ishchi o‘quv dasturlari korxona imkoniyatlaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqildi. Oshpazlik sohasidagi yangi texnologiyalar, zamonaviy jihozlar bilan ishlash usullari hamda sanitariya-gigiyena qoidalari dastur mazmuniga kiritildi. Bu esa o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkonini berdi.

Amaliy mashg‘ulotlar sifatini oshirish maqsadida o‘quv-amaliyot xonasi zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlandi. O‘quvchilar uchun turli taomlar tayyorlash, menyu tuzish, mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash va ishlatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish amaliyotlari restoran, kafe va umumiy ovqatlanish korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilib, o‘quvchilar real ish jarayonida tajriba orttirmoqda.

Shuningdek, nazorat ishlari, amaliy imtihonlar va reyting baholash orqali ularning kasbiy tayyorgarligi doimiy ravishda tahlil qilinmoqda. Aniqlangan kamchiliklar asosida tuzatish ishlari olib borilmoqda.

Bog’ot tuman 1-son texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi Saidova Iqbol Razzoqberdiyevnaning fan dasturlarini takomillashtirish bo’yicha “Bolalar ovqatlanishida o’zbek milliy taomlari” fanidan va “ Bolalar pazandachiligi taomlarini tayyorlash” o‘quv amaliyotidan ishlab chiqqan o‘qitish materilallari to‘plamlari Professilonal ta’limni rivojlantirish institutining Xizmatlar sohasi yo‘nalishlari bo‘yich o‘quv metodik birlashmasining 2024 yil 18 yanvardagi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va 2024 yil 07 fevralda ta’lim jarayonida foydalanish uchun taqdim etildi. 

 


 

Ishlab chiqarish ta’limi ustasi Saidova Iqbol Razzoqberdiyevna WORLDSKILLS Andijon 2025 V milliy kasblar chempianatida ekspert sifatida ishtirok qilib sertifikatga ega bo’ldi. 

Oshpazlik kasbi bo‘yicha texnikumning 2-bosqich talabasi Shomuratova Oyjon Yoqubboyevna WORLDSKILLS Andijon 2025 V milliy kasblar chempianatida ishtirokchi sertifikatini qo‘lga kiritdi.

 




Ma'lumotlar jadvali


«    Июль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi