So'nggi yangiliklar

Giyohvandlik

Bog‘ot tuman 1-son texnikumida giyohvandlik va zararli odatlarning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.🔽 Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar uchun giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi, ongiga va kelajagiga yetkazadigan zararli ta’siri haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi. 

🔽 Ushbu tadbirda texnikum direktori I.Avezova hamda inspektor-psixologlar Q.Matyaqubov va Sh.Xudashkurov so‘zga chiqib, giyohvandlikning jamiyat va yoshlar hayotiga salbiy ta’siri, uni oldini olish yo‘llari, huquqiy javobgarlik masalalari hamda sog‘lom fikrlash va to‘g‘ri hayotiy tanlov qilishning ahamiyati haqida atroflicha fikr bildirdilar.

🔽 Tadbir yakunida o‘quvchilar tomonidan bildirilgan savol va takliflar tinglanib, ularga mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.



Ma'lumotlar jadvali


«    Июль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi