So'nggi yangiliklar

Kasbiy ta’lim agentligi vakili texnikum yoshlar bilan uchrashdi

📌Kasbiy ta’lim agentligi vakili texnikum yoshlar bilan uchrashdi🗓9-aprel kuni Kasbiy ta’lim agentligi xodimi Shukurova Mahliyo Xorazm viloyati texnikumlari yoshlari bilan uchrashishdi.🏛Tashrif doirasida Xorazm pedagogika texnikumi hamda Bog‘ot tumani 1-son texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi hamda o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
➖Uchrashuv davomida o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda zararli illatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎓Shuningdek, texnikumlarda maktabgacha ta’lim, tikuvchilik, qandolatchilik hamda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisliklari bo‘yicha olib borilayotgan amaliy mashg‘ulotlar jarayoni o‘rganildi.
🎯M.Shukurova ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan turli to‘garaklar ishlari bilan ham tanishib, yoshlarning qiziqishlari va iqtidorlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar jarayonini kuzatdi.
⭐Mazkur uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalash hamda kelajakda yetuk va malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladigan muhim qadam bo‘ldi.



Ma'lumotlar jadvali


«    Май 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi