So'nggi yangiliklar

Amir Temur tavalludining 690 yilligi

Bog‘ot tuman 1-son texnikumida 9-aprel — buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.🔽 Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar uchun Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvidagi dono siyosati, harbiy san’ati hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida keng ma’lumotlar berildi.

🔽 Ushbu tadbirda tarix fani o‘qituvchisi G.Ro'zmetova nutq so‘zlab, Amir Temurning hayoti va faoliyati, uning “Kuch adolatda” degan shiori, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib qolayotgan ibratli jihatlari haqida atroflicha fikr bildirdi.

🔽 Tadbir yakunida o‘quvchilar tomonidan bildirilgan savol va takliflar tinglanib, ularga tegishli tavsiyalar berildi.




Ma'lumotlar jadvali


«    Август 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31 

Yil dasturi