So'nggi yangiliklar
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
#yoshlar_kuni #rahbar_va_yoshlar 📌Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — S.K.Salayev Bog'ot tuman 1-son texnikumi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔽Uchrashuv davomida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka qiziqishini oshirish, yoshlarning kelajakdagi maqsadlari, orzu-intilishlari hamda egallamoqchi bo‘lgan kasblari haqida fikr almashildi.
🔽Tadbirda kiberjinoyatning hozirgi kunda eng dolzarb mavzu ekani, internet tarmog‘idagi firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, zararli havolalar va soxta akkauntlar orqali sodir etilayotgan jinoyatlar haqida ma’lumot berildi.
🔽Uchrashuv so‘ngida, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
📢 Bizni kuzating:
🌐 Web sayt: https://https://bogot1texnikum.uz
▶️ YouTube: https://youtube.com/@bogot1texnikum
📱 Telegram: https://t.me/bogot1texnikum