So'nggi yangiliklar
BOG'OT TUMAN 1-SON POLITEXNIKUMI PEDAGOGIK KENGASHINING 2025-2026 O'QUV YILIGA MO'LJALLANGAN YILLIK ISH REJASI

Bog‘ot tuman 1-son politexnikumining 2025-2026-o`quv yiliga mo`ljallangan pedagogika kengashining
YILLIK ISH REJASI
1-kengash yig‘ilishi. Avgust
1. Bog‘ot tuman 1-son politexnikumi ilmiy pedagogik kengashining nizomini va yillik ish rejasini tasdiqlash, tarkibini tuzish, kengash kotibi va ota-onalar kengashi vakilini tayinlash to‘g‘risida.
Axborotchi: Direktor I.Avezova
2. Yangi o’quv yili uchun Bog‘ot tuman 1-son politexnikumining yillik ish rejasi, direktor va direktor o’rinbosarlarining yillik ish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqdan o’tkazish to’g‘risida.
Axborotchi: Direktor I.Avezova
3. Namunaviy o`quv reja va dasturlar asosida politexnikumining Ishchi o`quv rejalari va o‘quv jarayoni grafigini ish beruvchi hamkor korxona va tashkilotlar bilan kelishilgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash to`g‘risida.
Axborotchi: O`.I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov.
4. Yangi o`quv yili uchun politexnikumining pedagog va muhandis pedagoglarning dars taqsimoti va tarifikatsiya jadvallarini hamda I-yarim yillik uchun darslar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash to’g‘risida.
Axborotchi: O`.I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov.
5. Kafedralarning ish hujjatlari, o’quv bo‘limi xodimlarining ish hujjatlarini tasdiqlash hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o’qitish metodlaridan yangi o’quv yilida samarali foydalanish, o’qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ochiq dars mashg’ulotlari va master-klasslar o’tkazish reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash to’g‘risida.
Axborotchi: O`.I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-sentabrdagi 465-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan, fan (modul)lar bo‘yicha ishlab chiqilgan ishchi o‘quv dasturlari va o‘qitish materiallari to‘plamlari (O‘MT) ko’rib chiqish, tasdiqlash va amaliyotga tadbiq etish to’g’risida.
Axborotchi: O`.I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov.
7.Yangi 2025-2026 o`quv yiliga qabul reja asosida 9-sinf bitiruvchilarini mutaxassisliklar bo`yicha qamrab olish, buyruqlarni rasmiylashtirish va hududiy boshqarmaga hisobotlarni taqdim qilish to’g‘risida.
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
8.“Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish – EMIS PT” axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish choralarini ko’rish to’g’risida.
9. Ishlab chiqarish ta`limi ustalariga o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish uchun guruhlarga biriktirish hamda ishlab chiqarish ta`limi ustalarining yillik ish rejalarida belgilangan vazifalarni pedogogik kengashda muhokama qilish
Axborotchi : I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
10.Yangi o’quv yili uchun politexnikumining maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalarining ishchi o’quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlatish to’g‘risida
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
11.Guruhlarga guruh rahbarlarini berkitish va ularning faoliyati to`g‘risida.
Axborotchi: Yo.I.B. D o`rinbosari I.Jumaboyeva
12.To‘garaklar dasturi, to‘garaklarning yillik ish rejalari va to‘garak raxbarlar tayinlash to`g‘risida.
Axborotchi: Yo.I.B. D o`rinbosari I.Jumaboyeva
13.Yosh pedagoglarni malakali pedagoglarga “Ustoz-shogird” an’anasiga ko’ra berkitish to‘g‘risida.
Axborotchi: O`.I.B.D. o‘rinbosari R.Qodirov.
14. Ta`lim muassasasida iqtidorli o`quvchilarni aniqlash va ularni qo`llab quvvatlash maqsadida fan olimpiadalarini 1-2-bosqichini o’tkazish o`tkazish to`g‘risida.
Axborotchi: O`.I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov
15.Yangi o`quv yili uchun o`quv va amaliyot xonalarining tayyorgarligi to`g‘risida.
Axborotchi: Xo’jalik bo’limi mudiri S.Sanobar
16.Boshqa masalalar.
2-kengash yig‘ilish. Oktyabr
1.Tasdiqlangan ishchi o`quv reja asosida o`quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o`tkazish jadvalini tuzish va tasdiqdan o’tkazish to’g‘risida.
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
2.Politexnikumida umumta`lim va maxsus fanlar bo`yicha fan kafedralarining yillik ish rejalari asosida ta`lim-tarbiya jarayonini nazorat qilish to`g‘risida.
Axborotchi: O`.I.B.D.R.Qodirov
3.O‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ta’lim sifat samaradorligini oshirish uchun metodik ishlanma, metodik qo‘llanma va uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqqanliklari tahlili to`g‘risida.
Axborotchi: Bo’lim mudiri J.Ro’zmetova
4. Bog‘ot tuman 1-son politexnikumida ta’lim olayotgan o’quvchilarning ota-onalari chet davlatlarga ketganligi munosaboti bilan ularga “Vasiylik homiylik” tayinlash to’g‘risida.
Axborotchi: Yo.I.B.D o`rinbosari I.Jumaboyeva
5. Politexnikumida umumta’lim va maxsus fanlar bo’yicha o’qitiladigan darsliklarni ijara tizimi asosida ta’minlash to’g’risida.
Axborotchi : Politexnikumi kutubxonachisi A. Xudayberganova
6.Ta`lim muassasasida o`quvchi qizlarning odob-ahloqi, kiyinish madaniyati to`grisida.
Axborotchi: Yo.I.B.D o`rinbosari I.Jumaboyeva
7.Texnikumda karyera markazi faoliyatini tashkil qilish va yuritish to’g’risida. (Bitiruvchilarning bandligi boʻyicha monitoring natijalari tahlil qilingan, pedagogik (vasiylik) kengashning yigʻilishlarida muhokama qilinib, qarorlar qabul qilingan, shuningdek ushbu tahlillar asosida rivojlantirish rejasi takomillashtirib borilgan)
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
8.Boshqa masalalar.
3-kengash yig‘ilish. Dekabr
1.2025-2026 o`quv yilida o`quvchilarni ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etish uchun ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish to`g‘risida.
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
2. 2025-2026 o`quv yilida pedagoglar va muhandis pedagoglar tomonidan darslarning o`tkazilishi tahlillari to`g‘risida.
Axborotchi: O`.B.D. o`rinbosari R.Qodirov
3.Politexnikumida aniq fanlaridan matematika va informatika fanlarining o`qitilishi va o`quvchilarning o`zlashtirish darajalari to`g‘risida.
Axborotchi: Politexnikumi uslubchisi U.Raxmonov
4.Yuqori tashkilotlardan kelgan qaror, buyruq va xatlarning ijrosi hamda edo.ijro.uz idoralararo hujjat aylanish tizimini yuritilish holati to`g‘risida.
Axborotchi: O`.I.B.D. R. Qodirov.
5. Elektron jurnallarining o`z vaqtida yuritilishini nazorat qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to`g‘risida.
Axborotchi:O`.I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov
6. Politexnikumda o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaxsiy yillik ish rejasini oylar davomida bajarish hisobi to‘g‘risida
Axborotchi:O`.I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov
7.Politexnikumda o‘quvchilar dars jarayoniga qatnashishi, davomati va o‘quv qurollari to’g‘risida.
Axborotchi: Yo.I.B.D o`rinbosari I.Jumaboyeva
8. Boshqa masalalar.
4-yig‘ilish kengash. Fevral
1.Politexnikumida 1-yarim yillik yakunlari, 1-semestr o`quv reja va dasturlarining bajarilishi va 2-yarim yillik uchun dars jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlatish to`g‘risida.
Axborotchi:O`.I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov
2. 2025-2026-o‘quv yili I yarim yilligida “prof-emis.edu.uz” (EMIS-PT) axborot tizimining yuritilishi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijalarini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida
Axborotchi:O`.I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov
3.Pedagog xodimlar o‘quv va pedagogik yuklamalarining belgilangan vaqt-me’yorlari asosida shakllantirilishi, shaxsiy yillik ish rejalarining yuritilishi hamda asoslovchi hujjatlarining mavjudligi holati to'g'risida.
Axborotchi:O`.I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov
4. Politexnikumida umumkasbiy, maxsus fanlarning hamda o`quv amaliyotlarining o`qitilishi va o`quvchilarning o`zlashtirish darajalari to`g‘risida
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
5. 2025-2026 o’quv yilida texnikumida to’garak natijalari hamda iqtidorli o’quvchilarni erishgan yutuqlarini ma’naviy rag’batlantirish va o’quvchilarni to’garaklar faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kasbiy tanlovlar va musobaqalar tashkil etish bo’yicha o’quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan bildirilgan taklif va fikr-muloha
zalar to‘g‘risida.
Axborotchi: Yo.I.B. D o`rinbosari I.Jumaboyeva
6. Yoshlar o`rtasida huquqiy tarbiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish bo`yicha targ‘ibot ishlarini olib boorish to`g‘risida.
Axborotchi: Yo.I.B. D o`rinbosari I.Jumaboyeva
7.O`quvchiliar o‘rtasida o‘tkazilgan so`rovlarni tahlil qilish va natijalari bo‘yicha tegishli ishlarni tashkil etish to`g‘risida.
Axborotchi: Psixolog D.Do’schonova. Bo‘lim boshlig‘i J.Ro‘zmetova.
8. Ishlab chiqarish ta`limi ustalarining yillik ish rejasi bo‘yicha olib borilgan ishlarini o‘rganish, hisobotlarni qabul qilish va pedogogik kengash muhokamasiga kiritib borish.
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
9.1-semestrda o‘tkazilgan ochiq darslarni tahlil qilish va 2-semestr uchun o’qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ochiq dars mashg’ulotlari va master-klasslar o’tkazish reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash to’g‘risida
Axborotchi:O`.I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov
10.Boshqa masalalar.
5-kengash yig‘ilish. Aprel
1. O‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ta’lim sifat samaradorligini oshirish uchun metodik ishlanma, metodik qo‘llanma va uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqqanliklari tahlili to`g‘risida.
Axborotchi: Bo’lim mudiri J.Ro’zmetova
2. 2025-2026 o`quv yilida pedagoglar va muhandis pedagoglar tomonidan darslarning o`tkazilishi tahlillari to`g‘risida.
Axborotchi: O`.B.D. o`rinbosari R.Qodirov
3.Politexnikumida o`quvchilarni sog‘lomlashtirish maqsadida sport musobaqalarini o`tkazish to`g‘risida.
Axborotchi: Jismoniy tarbiya rahbari S. Jabborov
4.Politexnikumida o`quv va diplom oldi amaliyotlarini sifatli o`tkazilishini nazorat qilish to`g‘risida.
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
5.Politexnikumi ustaxonasida mavjud jihozlarning saqlanishi va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish to`g‘risida.
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
6.Kasblarga oid klassifikatorlar bo`yicha Davlat attestatsiyasi uchun komissiya tarkibini tuzish to`g‘risida.
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
7.2025-2026 o’quv yilida texnikumida to’garak natijalari hamda iqtidorli o’quvchilarni erishgan yutuqlarini ma’naviy rag’batlantirish va o’quvchilarni to’garaklar faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kasbiy tanlovlar va musobaqalar tashkil etish bo’yicha o’quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan bildirilgan taklif va fikr-muloha
zalar to‘g‘risida.
Axborotchi: Yo.I.B. D o`rinbosari I.Jumaboyeva
8.Politexnikumi rahbar xodimlari tomonidan nazariy dars va o’quv amaliyotilanini o’rkazilishini nazorat qilish va tahlillarga kirish.
Axborotchi: Bog‘ot tuman 1-son politexnikumi direktori I.Avezova
9.Boshqa masalalar.
6 kengash yig‘ilishi . Iyun.
1. 2025-2026 o`quv yilining 2-semestr yakunlari hamda o’quv yilining yakuni to`g‘risida.
Axborotchi: O`I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov
2. Pedagog xodimlar o‘quv va pedagogik yuklamalarining belgilangan vaqt-me’yorlari asosida shakllantirilishi, shaxsiy yillik ish rejalarining yuritilishi hamda asoslovchi hujjatlarining mavjudligi holati to'g'risida.
Axborotchi: O`I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov
3. Ishlab chiqarish ta`limi ustalarining yillik ish rejasi bo‘yicha olib borilgan ishlarini o‘rganish, yillik yakuniy hisobotlarning topshirilishi to‘g‘risida.
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
4.Diplom oldi, Ishlab chiqarish va o`quv amaliyotlari yakuni bo`yicha hisobot tayyorlash va hisobotlarning saqlanishini nazorat qilish to`g‘risida.
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
5.Politexnikumda Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish - EMIS-PT (prof-emis.edu.uz) axborot tizimida ma'lumotlarni to'g'ri va aniq kiritilishi, elektron jurnalga ma'lumotlarni o'z vaqtida va to'g'ri yuritish to'g'risida
Axborotchi: O`I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov
6. Politexnikumda o'quv jarayonlarini tashkil etishda o'qituvchi va ishlab chiqarish ta'limi ustalari tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o'qitish metodlaridan samarali foydalanish holatini tahlil qilish to'g'risida.
Axborotchi: Uslubchi U.Raxmonov
7.Kasblarga oid klassifikatorlar asosida bitiruv Davlat attestatsiyasi imtihonlarini o`tkazish va hisobotlarni hududiy boshqarmaga taqdim qilish hamda bitiruvchi o’quvchilarga davlat namunasidagi hujjatlarni rasmiylashtirish to`g‘risida.
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
8. Oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish, kursdan-kursga oʻtkazish (qoldirish), oʻqishdan chetlashtirish va oʻqishni qayta tiklash to`g‘risida.
Axborotchi: I.Ch.T.B.D o`rinbosari B.Davletov
9.Yangi 2026-2027 o`quv yiliga tayyorgarligini ko`rish ishlarini samarali yo’lga qo’yish to`g‘risida.
Axborotchi:O`I.B.D. o`rinbosari R.Qodirov
10.Boshqa masalalar.
Ma'lumotlar jadvali
| « Май 2026 » | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
| 1 | 2 | 3 | ||||
| 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
| 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
| 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
| 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Yil dasturi