So'nggi yangiliklar
Kasblar tanlovi tuman bosqichi
❗️ Bugun viloyat hokimi sovrini uchun texnikum o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan🎓 “Kasblar tanlovi”ning navbatdagi bosqichi
Bog‘ot tumani texnikumlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
❗️ Eslatib o‘tamiz,
ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktyabrdagi
“Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–316-son qarori
asosida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Tanlovda Bog‘ot tumani hokimining ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
O. Matniyozov ishtirok etib, qatnashchilarga omad tiladi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z kasblari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Tanlov g‘oliblari:
Tikuvchi —1-son texnikum o'quvchisi Qosimova Gulshoda
Traktorchi-mashinist — 2-son texnikum o'quvchisi Qalandarov Bekzod
Avtomobillarni ta’mirlash va TXK —2-son texnikum o'quvchisi Shonazarov Boboyor
G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ma'lumotlar jadvali
| « Май 2026 » | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
| 1 | 2 | 3 | ||||
| 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
| 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
| 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
| 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Yil dasturi