So'nggi yangiliklar

Yoshlar bilan uchrashuv

og'ot tuman 1-son texnikumida haftaning har payshanba kuni "Yoshlar kuni" deb belgilanganligi  munosabati bilan  yoshlar  uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Bog'ot tuman 1-son texnikumi direktori I. Avezova ,tuman xotin-qizlar bo'limi boshlig'i G.Alimova hamda IIB xotin-qizlar masalalari bo'yicha profilaktika inspektori O.Rajabova qatnashdilar.Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi faolligi, ularning kelajak rejalari haqida atroflicha suhbatlashildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlar siyosati, besh muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va kasb-hunar egallash borasidagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.




Ma'lumotlar jadvali


«    Октябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi