So'nggi yangiliklar

Aziz va muqaddas ayol

Bog‘ot tuman 1-son texnikumida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Aziz va muqaddas ayol” nomli bayram tadbiri katta tantana va ko‘tarinki kayfiyatda, yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir davomida ayol zotining jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, uning mehr-muhabbati, sabr-toqati va fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.Bayram dasturida texnikum o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, dilbar kuy-qo‘shiqlar, ta’sirli she’rlar va turli chiqishlar namoyish etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, ayol siymosini ulug‘lovchi badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.Mazkur bayram tadbiri barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar qoldirib, ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yana bir bor namoyon etdi





Ma'lumotlar jadvali


«    Октябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi