So'nggi yangiliklar

Bog'ot tuman 1-son politexnikumida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti

Bog'ot tuman 1-son politexnikumida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti dotsent o'qituvchilari  hamda iqtidorli talabalaridan tashkil topgan ansambl tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida universitet va politexnikumimiz hamkorligiga alohida e'tibor qaratgan holda Filologiya va sanʼat fakulteti dotsenti S. Otajonov, Bog'ot tuman 1-son politexnikumi o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari R. Qodirov nutq so'zladi. Tadbir davomida o'quvchilarimiz madaniy hordiq chiqarib,universitet talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlarni,kuy-qo'shiqlarni undan tashqari ko’rgazmali natyurmortlarni tomosha qilishdi. Bir jumla  bilan aytganda, tadbir yoshlar esida qoladigan saviyali hamda ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.



Ma'lumotlar jadvali


«    Октябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi