So'nggi yangiliklar

“Bir vatan, bir el, bir bayroq”

Joriy yilning 18-noyabr kuni  Bog'ot tuman 1-son politexnikumida “Bir vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan ma'rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida yoshlarimizga bayrog‘imizning tarixiy ahamiyati, undagi rang va ramzlarning ma’nosi, mustaqilligimiz timsoli ekanligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.Uchrashuv yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.Tadbir davomida "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam yurish marafoni" va sportning qo'l qayirish ,tosh ko'tarish  hamda arqon tortish turlari bilan o'quvchilar kuch sinashdilar.  Bayrog‘imizning tarixiy ildizlari, milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati borasida boy ma’lumotlarga ega bo'ldi.



Ma'lumotlar jadvali


«    Октябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi