So'nggi yangiliklar
SHAXSNING SUDLANGANLIK HOLATI QACHON TUGALLANADI ?
? Jinoyat kodeksining 78-moddasiga koʻra, shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:✅ shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;
✅ majburiy jamoat ishlari, xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tarzidagi jazolarini oʻtab chiqqach;
✅ jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʻtalganidan keyin bir yil oʻtgach;
✅ ozodlikni cheklash jazosi oʻtalganidan keyin — ikki yil oʻtgach;
✅ besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — toʻrt yil oʻtgach;
✅ besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — yetti yil oʻtgach;
✅ oʻn yildan ortiq, lekin oʻn besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — oʻn yil oʻtgach.
Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.K.Raxmatillayev